Valensiya şahrida Venesuelaning Karabobo ştatidan bölgan bir guruh politsiyaçilar iştirokçilari mamlakat prezidenti Nikolas Maduro iste'fosini talab qilayotgan norozilik namoyişiga qöşildilar. Bu haqda TASS mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, El Nacional gazetasi voqeaga guvohlardan biri tomonidan olingan videorolikni norozilik namoyişlarida politsiya iştirok etayotgani töğrisidagi xabarga qöşib qöygan.

Avvalroq, Venesuela milliy gvardiyasi poytaxtdagi Çakao munitsipalitetiga zirhli texnikalarni kiritgani xabar berilgandi.

Şuningdek, Venesuela Mudofaa vazirligi rahbari Vladimir Padrino Lopesning ma'lum qilişiça, mamlakat armiyasi muxolifat yetakçisi Xuan Guaydoni qöllab-quvvatlamaydi.

Xuan Guaydo
Foto: Federico Parra/AFP/Getty Images

Öz navbatida, Kuba taşqi işlar vaziri Bruno Rodrigesning sözlariga köra, Kuba Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qöllab-quvvatlaydi va uni «qonuniy» yetakçi, deb biladi. Bu haqida u tvitterida yozgan.

Nikolas Maduro
Foto: Miraflores Palace/Handout via REUTERS

Mamlakatda sodir bölayotgan voqealarni Rodriges «davlat töntarişi»ga uriniş, deb atadi. Şuningdek, uning umid qilişiça, Venesuela aholisining «irodasi» «mustamlakaçilik aralaşuvi» ustidan «ğalaba» qozonadi.

«Tarix fitna uyuştirganlarni qöllab-quvvatlovçi va tan oluvçilarni qoralaydi», - deya xulosa qildi Rodriges.

U «fitnaçi» deb, katta ehtimol bilan, muxolifat yetakçisi Xuan Guaydoni nazarda tutgan.

Qöşma Ştatlar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga AQŞ bilan diplomatik aloqalarni uziş huquqi böyiça rad javobi berdi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning Davlat departamenti