Sport | 08:56 / 24.01.2019
12171
1 daqiqa o‘qiladi

Fyodor Yemelyanenko: faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylayapman

Foto: AP/Gregory Payan

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Fyodor Yemelyanenko Bellator Gran-prisi chempioni kamari uchun amerikalik Rayan Beyder bilan bahsdan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin ekani haqida izoh berdi. Bu haqda Sport24 xabar qilmoqda.

Sportchi MMA’dan ketishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi.

«Bu haqda faqat jangdan keyin gapirish mumkin. Ko‘ramiz. Albatta, bu haqda o‘ylayapman. Gap men jang qilishni xohlamasligimda emas. Lekin yoshim ancha katta bo‘lib qolgani sezilmoqda. Ko‘ramiz», - deya xulosa qilgan Yemelyanenko.

Rossiyalikning amerikalik sportchi bilan uchrashuvi 27 yanvarga o‘tar tunda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi. U Bellator 214 musobaqasining asosiy voqeasiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi o‘g‘li uchun uch nafar raqib topgandi.

Mavzuga oid