Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paredes «PSJ»ga o‘tdi
Foto: Paris Saint-Germain
Peterburgning «Zenit» klubi yarimhimoyachisi Leandro Paredes Parijning «PSJ» klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda peterburgliklar klubi matbuot xizmati xabar bergan.
«PSJ» ushbu 24 yoshli argentinalik yarimhimoyachi bilan 2023 yilga qadar shartnoma tuzgan.
Paredes yangi klubi safida 8-raqam ostida to‘p suradi.
Transfer qiymati rasman ma'lum qilinmayapti, ammo L'Equipe ma'lumotiga ko‘ra, parijliklar ushbu futbolchi uchun 47 mln yevro to‘lashgan.
24 yoshli Leandro Rossiya Premer-Ligasining joriy mavsumida 15 uchrashuvda maydonga tushgan va 3 gol urib, 2 golga uzatma bergan. Paredes Yevropa Ligasida ham 7 o‘yin o‘tkazib, 1 gol urgan va 1 golga hammualliflik qilgan.
Paredes o‘z faoliyati davomida «Boka Xuniors», «Kevo», «Empoli» va «Roma» kabi klublar safida to‘p surgan.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
12:28 / 02.10.2025