Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sayyohlarga qulaylik uchun ilk yo‘l ko‘rsatuvchi pilon o‘rnatildi
Foto: Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti
Toshkent shahrida mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ilk yo‘l ko‘rsatuvchi pilon o‘rnatildi. Kun.uz muxbiri Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti vakillaridan olingan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Sayyohlar o‘z manzillariga tez va oson yetib borishi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti “Media lyuks” xususiy korxonasi reklama agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston” mehmonxonasi yaqiniga zamonaviy yo‘l ko‘rsatuvchi pilonni tajriba tariqasida joyladi.
Pilonda sayyohlar uchun poytaxt xaritasi aks etgan bo‘lib, unda shahardagi barcha diqqatga sazovor joylar hamda turizm infratuzilmalari belgilab qo‘yilgan.
Bunday pilonlar dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarining turistik shaharlarida o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
09:18
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun “Dolzarb 90 kunlik” boshlanadi
17:30 / 28.02.2026
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
09:38 / 28.02.2026
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026