Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olib qochilgan avtomashinada YTH sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Depositphotos
2019 yil 1 fevral kuni soat 21.30larda Toshkent viloyatining Pskent tumani Maylobod mahallasida yashovchi O.F. mast holda Oybek mahallasi hududida joylashgan “Anor” choyxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan Mitan mahallasida yashovchi Sh.D.ga tegishli “VAZ-2106” rusumli avtomashinani haydab qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada A.Temur ko‘chasida ushbu avtomashina boshqaruvini eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va fuqaro M.A. boshqaruvidagi boshqa bir “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida O.F. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti
17:52 / 28.02.2026
Foto: Serjant Hosilbek Eshnazarov so‘nggi manzilga kuzatildi
18:16 / 27.02.2026