Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Raqiblarning soxta ittifoqi»: Bloomberg Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvi haqida
Foto: AP Photo/Alexander Zemlianichenko
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi nisbatan yaqin munosabatlar Qo‘shma Shtatlarning har ikki davlat bilan aloqalari yomonlashuvi fonida - Vashington uchun salbiy tendensiya. Bu haqda Bloomberg agentligi sharhlovchisi Xol Brends yozmoqda.
Yaqin muddatli istiqbolda AQSh ikki asosiy raqibining soxta ittifoqi bilan to‘qnash kelishi mumkin, bu esa Vashingtonning Moskva va Pekinga qarshi turish imkoniyatini murakkablashtiradi, deya ta'kidlanadi materialda. Katta ehtimol bilan, har ikki davlat demokratik qadriyatlar va AQShning global yetakchiligiga nisbatan umumiy raqiblik tufayli bir-biriga yanada yaqinlashadi, deb yozadi sharhlovchi.
Rossiya va Xitoy hozirgi vaqtda harbiy mashqlar hamda qurol savdosi, energetika sohasidagi bitimlar va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqda. Rossiya-Xitoy hamkorligi har bir davlatga AQShga samarali ravishda chaqiriq tashlash imkonini beradi, deyiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga yangi teleskop bo‘yicha yordam berishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
09:01
Zelenskiy: AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari 100 foizga tayyor
08:42
Kanada Trampning Xitoy bilan kelishuv haqidagi tanqidini rad etdi
22:47 / 25.01.2026
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
22:04 / 25.01.2026