Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda osma arqon ko‘prik sayyohlar bilan birga uzilib tushdi
Internetda Xitoyning Guandun viloyatida arqon ko‘prikning uzilib tushishi videosi joylashtirildi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Sayyohlar ko‘prik orqali o‘tishayotganda, ulardan biri ko‘prik o‘rtasida sakrab, ko‘prikni chayqata boshlagan.
Natijada ko‘prik yuklamani ko‘tara olmay, uzilib tushgan. Ko‘prikda bo‘lgan sayyohlar chekkalardan tortilgan arqonga ilashishdan boshqa choralari qolmagan.
Xitoy OAVning ma'lum qilishicha, Yanszyan shahridagi diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan ko‘prik suvdan 2,5 metr balandlikda joylashgan. Ko‘prikda bo‘lgan barcha 6 kishi ehtiyot kamarlarida bo‘lganlari sababli jarohat olishmagan. Ko‘prik noma'lum muddatga yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026