Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tgan shaxs Almazbek Atamboyevni sudga berdi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va Davlat ro‘yxatdan o‘tish xizmati sobiq rahbari Tayirbek Sarpashev pasportlarda beshinchi ustun bekor qilingani uchun sudga berildi. Da'vo arizasi bilan ushbu davlatga ko‘chib kelgan Haydarali Xoliqov chiqdi, deb xabar qilmoqda 24.kg.

Uning da'vo arizasida ko‘rsatishicha, 2013 yilda oilasi «Kayrilman» dasturi bo‘yicha O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ko‘chib kelgan hamda fuqarolikni olgan.
«Biz o‘z millatimizni saqlab qolmoqchi edik. Ammo Atamboyev va Sarpashev «Millati» ustunini pasportlardan olib tashladi. Bu noqonuniydir. Buni tan olishni so‘raymiz», - dedi Haydarali Xoliqov.
U o‘z oilasiga yetkazilgan zararni 6 million somga baholadi (taxminan 86 ming dollar). Da'vo arizasi Alamedin tuman sudiga berilgan.
Mavzuga oid
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
09:13 / 28.01.2026
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
20:56 / 16.01.2026