Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil kapoti ustida odam bilan harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi - IIBB
Internet tarmog‘ida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi mashina kapoti ustida odam bo‘lgan holatda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining taxmin qilishlaricha, “mashina kapoti ustiga chiqqan qiz bu ishni yigit bilan – ya'ni “Spark” haydovchisi bilan janjallashgani sababi qilgan”.
Toshkent shahar IIBB videodagi shaxslarni aniqladi. Ma'lum bo‘lishicha, 23 fevral kuni ertalab Nukus ko‘chasida “Spark” avtomobili haydovchisi 20 yoshli L.Sh. tanishi bo‘lgan N.P.ni o‘z mashinasi kapoti ustida “sayr qildirib”, N.P.ning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirgan (YHQ 11-band).
Natijada, haydovchi L.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga asosan (“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”), N.P.ga nisbatan esa 138 modda (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) bo‘yicha bayonnoma tuzildi.

“Hurmatli haydovchilar, avtomobil yuqori xavf vositasi hisoblanishi va “hazillarni” tushunmasligi yodingizda bo‘lsin. Yo‘l harakati qoidalarini buzish esa jazoga sabab bo‘ladi”, - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
08:50 / 18.12.2025