Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela parlamenti Guaydoga xorijda qolishga ruxsat bergan
Foto: Reuters
Venesuela parlamenti muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoning 5 kun davomida xorijda qolishga ruxsat berishi iltimosini ma'qulladi. Guaydoning parlamentga maktubi va qabul qilingan qarorni parlament yig‘ilishida kotib o‘qib berdi.
Maktubda Guaydo unga mamlakat tashqarisida 23 fevraldan boshlab 5 kun qolishni so‘raydi. Biroq maktubdan Guaydo 5 kundan keyin Venesuelaga qanday yo‘l bilan qaytishi aniq emas. Guaydo so‘ragan 5 kunlik muhlat 28 fevralda tugaydi.
Avvalroq Guaydo joriy haftada Braziliyaga tashrif buyurmoqchiligi ma'lum qilindi. Nacional nashrining ma'lum qilishicha, siyosatchining Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Guaydo Venesuelani tark etishi taqiqlanganiga qaramay 22 fevralda Kolumbiyaning chegaradagi Kukuta shahriga kelgan. 25 fevralda Lima guruhi yig‘ilishida ishtirok etgandan keyin joriy haftada Venesuelaga qaytishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 25.09.2025
Qirg‘iziston parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yubordi
17:57 / 23.09.2025
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumida ishtirok etdi
18:18 / 08.09.2025
To‘qayev Qozog‘istonda parlamentni bir palatali qilishni taklif etdi
07:37 / 10.04.2025