Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vagondagi to‘shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs vagon to‘shagiga o‘rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini mamlakatimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, fuqaro S.X. qiymati 112 million so‘mdan ko‘proq 173 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda yurtimizga olib kelayotgan vaqtida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:40 / 11.02.2026
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026