Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya Erondan elchisini chaqirtirib oldi
Niderlandiya Eron hukumati mamlakatdan Niderlandiya elchixonasining 2 xodimini chiqartirib yuborgandan keyin Erondagi o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi. Bu haqda Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok ma'lum qildi.
Uning aytishicha, niderlandiyalik diplomatlar Erondan 3 mart kuni chiqartirib yuborilgan.
Niderlandiya tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Eron 20 fevralda Niderlandiya elchisini Tehrondagi elchixonaning ikki xodimi persona non grata deb e'lon qilinishidan xabardor qilgan. Bu qaror Niderlandiya tomonidan 2018 yil iyunda ikki eronlik diplomatning chiqartirib yuborilishiga javob bo‘lgan. Bunga esa Eron 2015 yilda Almerda va 2017 yilda Gaagada kelib chiqishi eronlik bo‘lgan ikki gollandga suiqasd qilinishiga aloqador bo‘lishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Eronning Gaagadagi elchisi Niderlandiya tashqi ishlar vazirligiga tushuntirish berish uchun chaqirtirilgan. Suhbat chog‘ida Niderlandiya “golland diplomatlarining chiqartirib yuborilishi ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi va nomaqbulligini” ta'kidlab o‘tgan. Biroq shunga qaramay diplomatlarni chiqartirib yuborishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
19:30 / 21.01.2026
FT: Eron hukumati namoyishlarni qo‘llagan kompaniyalar va tadbirkorlarning mulkini musodara qilmoqda
15:48 / 20.01.2026
Tramp nega Erondagi namoyishchilarga yordamga kelmadi?
21:49 / 19.01.2026