Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:07 / 05.03.2019
8260
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi
Illyustrativ foto
2019 yil 3 mart kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashagan O.Q. uyida sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida sigaret kuli ko‘rpa ustiga tushib yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Natijada uyning pol qismi, ko‘rpa va divan yonib zarar ko‘rgan hamda O.Q. tutundan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.