Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston - Rossiya chegarasida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi qo‘lga olindi
Foto: uralskweek.kz
O‘zbekistonning uch fuqarosi Qozog‘iston-Rossiya chegarasini avtomobilda yashirinib olgan holda kesib o‘tishga urindi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
2019 yil 5 mart kuni, soat taxminan 02:00da, Ural chegara otryadining «Sirim-Avto» chegara nazorati bo‘limi Toshkent-Samara yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan navbatdagi avtotransport vositasini (Rossiyaning 1954 yilda tug‘ilgan fuqarosi boshqaruvidagi «Gazel» avtomashinasi) tekshira turib, tashqi va ichki o‘lchovlarning mos kelmasligi, shuningdek, kuzov ichida yangi qoplama mavjudligiga e'tibor qaratgan. Chegara naryadi xodimlari maxsus texnik vositalar yordamida transportni chuqur tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi.
«Tekshiruv natijasida kuzovning old qismida qo‘shimcha to‘siq borligi aniqlandi, u ochilganida O‘zbekiston Respublikasining uch nafar fuqarosi yashirinib olgan maxsus maxfiy joy topildi. Buning sababi - Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun cheklovlar mavjudligi», - deya qayd etdi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati matbuot xizmati.
Ro‘y bergan voqea to‘g‘risida tegishli organlarga ma'lumot berildi. Qo‘lga olingan fuqarolar haydovchi bilan birgalikda Bayterek tumani IIB xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
16:55
“Jangda o‘layotgan hamyurtlarimiz juda ko‘p” - Ukrainadagi urushdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yigit hikoyasi
16:47
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
14:08
Germaniya josuslik ishi bo‘yicha Rossiya harbiy attashesi o‘rinbosarini chiqarib yubormoqda
13:28