Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlanmoqda
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yil 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Timuriyni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda do‘st Afg‘oniston elchisining samarali faoliyati qayd etilgan va ikki tomon munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi yuksak baholangan.
2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning va uning yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston – Afg‘oniston hamkorligining muhim natijalaridan biri bo‘lgani qayd etildi, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, vazir O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, afg‘on muammosini hal qilish va muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanligini tasdiqlagan.
Sayid Shahobuddin Timuriy, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarilishida yaratilgan qulay sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026