Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda YPX inspektorlari yangi formasining surati paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim Telegram kanallarida YPX inspektorlarining yangi formasi surati paydo bo‘ldi.
Zed News Telegram kanali ma'murlarining xabar berishicha, bugun, 16 mart kuni YPX inspektorlari yangi formasini tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazish boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev yaqin oylar ichida ichki ishlar tizimi xodimlari uchun yangi formalar jamoatchilikka taqdim etilishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi.
«Yangi formalar har qanday rasmiy chiziqlardan xoli va qulay bo‘lishiga e'tibor qaratiladi. Chunki jamoatchilik orasida yuruvchi, operativ jarayonlarda ishtirok etuvchi ichki ishlar xodimi chaqqon bo‘lishi lozim», - deya aytib o‘tgan Rustam Jo‘rayev maxsus brifingda.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
15:26 / 14.09.2024
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi
19:18 / 22.06.2024
Oliy ta’lim vaziri OTMlardagi forma masalasiga munosabat bildirdi
15:59 / 31.10.2022