09:33 / 17.03.2019
7063

Afrika janubidagi siklon 140 dan ko‘proq kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: Twitter /BlessMuchie

Afrika janubidagi Mozambik, Zimbabve va Malavi davlatlariga yopirilgan “Iday” sikloni 140 dan ko‘proq kishining umrini olib ketdi, yuzlab odamlar jarohat olgan, nochor hududlardagi o‘n minglab odamlar tashqi dunyodan uzilib qolgan. Ma'lum qilinishicha, siklondan Mozambikning Beyra shahri eng ko‘p talofat ko‘rgan. Keyinroq dovul Zimbabve va Malavi tomon yo‘nalgan.

Zimbabve hukumati vakili Nik Mangvananing ma'lum qilishicha, ayni vaqtda mamlakatda toshqinlar oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan.

Zimbabvening ZBC davlat televizion stansiyasining ma'lum qilishicha, 150 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. 

Top