Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomaktablar litsenziyani onlayn qayta rasmiylashtirishi mumkin
Foto: Foto: Vitaliy Belousov / RIA Novosti
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali endi ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda, deb yozadi Norma.
Xizmatning to‘liq nomi: avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini taqdim etish uchun berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish.
U yuridik shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Lisenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning (EKIHning 1 barobari) 50 foizi undiriladi.
Xizmat Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tartibga solinadi.
Arizani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025