Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov va Medvedev telefon orqali muloqot o‘tkazdi
Foto: RIA Novosti
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, tomonlar O‘zbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida 2019 yil may oyi oxirlarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan qo‘shma komissiya majlisiga tayyorgarlikni muhokama qilgan.
O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasida qo‘shma komissiya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha 2018 yil oktabr oyida, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
11:35 / 04.08.2025