13:41 / 28.03.2019
17452

Shavkat Mirziyoyev Mi-8 vertolyoti halokati munosabati bilan Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qizilo‘rda viloyatida vertolyotning qulashi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ta'ziya bildirdi.

27 mart kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Mi-8 vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida 13 nafar harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. 

Halokatga uchragan Mi-8 to‘rt jangovar vertolyot tarkibining bir qismi bo‘lgan va Aqtaudan Chimkentga parvoz qilayotgandi. Parvoz «Altin jyebe» maxsus bo‘linmalarining qorong‘ulikda va og‘ir meteorologik sharoitda keng ko‘lamli tekshiruv va mashqlar doirasida amalga oshirilayotgan edi.

Top