O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qizilo‘rda viloyatida vertolyotning qulashi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ta'ziya bildirdi.

27 mart kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Mi-8 vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida 13 nafar harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. 

Halokatga uchragan Mi-8 to‘rt jangovar vertolyot tarkibining bir qismi bo‘lgan va Aqtaudan Chimkentga parvoz qilayotgandi. Parvoz «Altin jyebe» maxsus bo‘linmalarining qorong‘ulikda va og‘ir meteorologik sharoitda keng ko‘lamli tekshiruv va mashqlar doirasida amalga oshirilayotgan edi.