Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Yelizaveta II umumiy yo‘llarda mashina haydamaslikka rozi bo‘ldi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II umumiy foydalanish yo‘llarida boshqa mashina haydamaydigan bo‘ldi. Qirolicha bunday qarorni turmush o‘rtog‘i bilan ikki oy avval yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan keyin qabul qildi.
Qirolichani bunday qarorga kelishga uning xavfsizlik xizmati ko‘ndira olgan. Endi umumiy yo‘llarda qirolichani haydovchi olib yuradi.
93 yoshli Yelizaveta II Britaniyada haydovchilik guvohnomasisiz mashina haydash huquqi berilgan yagona inson hisoblanadi. Qirolicha bu imkoniyat evaziga Jaguar, Land Rover va Range Rover kabi mashinalarni boshqargan.
Qirolichaning turmush o‘rtog‘i, 97 yoshli shahzoda Filipp yanvar oyida xavfsizlik kamarini bog‘lamagan holda yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Shahzodaga jabr yetmagan, biroq u politsiyadan olingan ogohlantirishdan keyin o‘z haydovchilik guvohnomasini ko‘ngilli tarzda topshirib yuborishga rozi bo‘lgan.
Britaniya matbuotining ma'lum qilishicha, Yelizaveta II’ning mashina haydash uslubi bir safar Saudiya Arabistoni podshohi Abdullohni hayratga solgan. Qirolicha podshohga mashinada sayr qilishni taklif qilib, rulga o‘zi o‘tirgan. Buyuk Britaniyaning Ar-Riyoddagi sobiq elchisi Sherard Kouper-Koulsning ta'kidlashicha, Saudiya podshohi bu sayr vaqtida qirolichaning mashina haydashidan qo‘rquvga tushib, muntazam ravishda undan sekinroq yurishni va yo‘lga e'tiborliroq bo‘lishni so‘ragan.
Mavzuga oid
12:03 / 31.10.2025
Toyota yangi IMV Origin modelini taqdim etdi: bu mashinani har kim o‘zi yig‘adi
12:07 / 22.09.2025
O‘zbekistonga olib kiriladigan mashinalarni ekologik sertifikatlash bekor qilinadi
11:42 / 03.07.2025
Bojxona qo‘mitasi pul evaziga mashinalarni Tojikistonga o‘tkazib bergan shaxslarni fosh qildi
08:38 / 02.05.2025