Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Brexit sababli 114 milliard dollar yo‘qotdi
Buyuk Britaniya iqtisodiyotining Yevropa Ittifoqidan chiqishdan yo‘qotishlari ayni vaqtga kelib 87 mlrd funt sterlingni (114 mlrd dollardan ko‘proq) tashkil qilmoqda. Bu haqda AQShning Goldman Sachs bankining londonlik tahlilchilari tomonidan tarqatilgan hisobotda aytilgan.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha 2016 yil iyunda o‘tgan referendumdan boshlab mamlakat o‘z fuqarolari qilgan tanlov sababli har hafta 600 mln funt sterling (787 mln dollar) yo‘qotib kelgan.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Britaniya yalpi ichki mahsuloti 2016 yildagi referendumda mamlakat YeIda qolishga qaror qilishi shartida hisoblab chiqilgan ko‘rsatkichdan taxminan 2,4 foizga kamdir.
“Asosiy yo‘qotishlar investitsiyalar va iste'molchilik xarajatlari sohalarida mujassamlashmoqda”, deb aytgan Goldman Sachs iqtisodiyotchisi Sven Yari Sten.
AQSh banki mutaxassislari fikricha, agar Britaniya YeIdan kelishuvsiz chiqsa, bu funt sterling kursi pasayishi sababli yanada ko‘proq yo‘qotishlarga olib keladi. Agar mamlakat Yevropa ittifoqida qolishni istasa, unda iqtisodiyoti o‘sishi tezlashib, yetkazilgan zararni qoplab yuboradi.
Britaniya hukumati oxirgi haftalarda Brexit bo‘yicha qonun loyihasini 3 marta ovozga qo‘ygan, biroq parlament 3 marta ham uni qabul qilmagan.
Yevropa Ittifoqi Brexit’ni 12 aprelgacha qoldirishga qaror qilgan. Agar Britaniya hukumati aniq Brexit jarayoni bo‘yicha kelisha olmasa, unda Britaniya shu kuni YeIni biror-bir kelishuvsiz tark etadi.
Mavzuga oid
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
10:23 / 10.01.2026
YeI–Janubiy Amerika: erkin savdo kelishuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi
22:45 / 06.01.2026