Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini ochib beradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘ladigan Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, festival 10 aprelgacha davom etadi.
Mavzuga oid
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025