Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 32 ming, Qoraqalpog‘istonda 9 ming xodim legallashtirildi - DSQ
Foto: Shutterstock
Joriy yilning I choragida Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan yordamchi xodimlarni qonuniy yollash bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jami 32 ming 364 nafar xodim faoliyati rasmiylashtirildi.
Jumladan, o‘tgan davrda 2173 nafar xodim umumiy ovqatlanish, 8019 nafar ishchi sanoat, 1809 nafar ishchi qurilish korxonalarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 14219 nafar xodim faoliyati legallashtirilgan. Bundan tashqari, boshqa sohalardagi korxonalar 6144 nafar xodim faoliyatini belgilangan tartibda qonuniylashtirildi.
Qoraqalpog‘istonda esa norasmiy ishlayotgan 9145 nafar xodim rasmiy ishga joylashtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan 2019 yil davomida 27 ming 253 nafar xodimni rasman rasmiylashtirilishi reja qilingan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bo‘yicha 2828 ta korxonada norasmiy ishlovchi 9 145 nafar xodim rasmiylashtirilishiga erishildi.
Ushbu raqam sohalar kesimida olib qaralsa:
364 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 1041 nafar;
1 293 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 4 523 nafar;
222 ta qurilish korxonalarida 1 528 nafar;
949 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 2 053 nafar xodim rasmiylashtirildi.
Davlat soliq organlari xodimlari tomonidan joylarda konvert usulida ishlovchi norasmiy xodimlarni rasmiylashtirish yuzasidan ishlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026