Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geytsning boyligi yuz milliard dollardan oshdi
Foto: Getty Images
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning boyligi 1999 yildan buyon ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.
"Bill Geytsning boyligi ushbu haftada 100 milliard dollardan oshdi. Bu Microsoft aksiyalari qiymati oshishi tufayli yuz berdi", - deyiladi xabarda.
Forbes milliarderlar reytingiga ko‘ra, Geytsning boyligi 100,61 milliard dollar deb baholanmoqda. Jurnalning yozishicha, Geytsning boyligi 1999 yil aprelda bir oz vaqt 100 milliard dollardan ortiqroq ko‘rsatkichni qayd etgan.
Milliarder dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni 152,95 milliard dollar boyligi bilan Amazon rahbari Jyeff Bezos egallab turibdi.
Mavzuga oid
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
07:45 / 17.11.2025
Bill Geyts: sun’iy intellekt atrofida «dotkomga o‘xshash pufak» yuzaga kelgan
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025