Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda sobiq vitse-prezident hibsga olindi
Sudan vitse-prezidenti Hassabo Muhammad Abdulrahmon va uning o‘rinbosari Muhammad Usmon Kabr harbiylar tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Avvalroq mamlakatning birinchi vitse-prezidenti Ali Usmon Toha uy hibsiga olingandi.
11 aprelda Sudanda ko‘p oylik noroziliklardan keyin mamlakatni 30 yil boshqargan prezident Umar al-Bashir harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgandi. Shundan keyin sobiq tuzum vakillari, jumladan sobiq hukmron partiya a'zolari, hukumat va parlament vakillarining ommaviy hibsga olinishi yuz bergan.
Hibsga olinganlarning barchasi davlat mablag‘larini xarjlab yuborish, pul yuvish, fuqarolar hisobiga boyishda ayblanmoqda.
Sobiq prezidentning o‘zi esa poytaxt shimolidagi markaziy turmada saqlanmoqda. Uning qarorgohlaridan birida o‘tkazilgan tintuv vaqtida turli valutada 110 mln dollardan ko‘proq pul topilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
22:47 / 10.11.2025
Ikki general urushi: «jahannamga aylangan» davlat haqida
16:04 / 04.11.2025
Sudan inqirozi: Misr, BAA, Saudiya va Rossiya manfaati to‘qnashyaptimi?
16:32 / 31.10.2025