Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rus ayg‘oqchi” kiti suvga tushirib yuborilgan smartfonni egasiga qaytardi (video)
Norvegiyada bir erkak pirsdan dengizga iPhone smartfonini tushirib yuborgach antiqa hodisa yuz berdi. Bu haqda ilk bor Reddit forumida ma'lum qilingan va ushbu hodisa videosi joylashtirilgan.
Erkak smartfoni ortidan shubhasiz dengizga sho‘ng‘imagan va undan umidini uzgan.
Biroq uning umidsizligi uzoq davom etmadi: bir necha daqiqadan keyin suvdan tishlarida smartfonni ushlagancha yuqoriga harakatlanayotgan beluxa kiti ko‘ringan. Aqlli jonzot gadjetni to‘g‘ri uning egasi qo‘liga “topshirgan”.
Video muallifi yaqinda Norvegiya sohillari yonida shu turdagi kit beliga mahkamlangan kamera bilan topilganiga kinoya qilib, hojatbaror kitni “rus ayg‘oqchisi” deb atagan.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
02:44 / 28.12.2025
Honor ventilyatorli va ulkan batareyali smartfonlarini taqdim etdi
15:29 / 24.12.2025