Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya YeIga kirish yo‘lida davom etishini ma'lum qildi
Foto: AP Photo / Presidential Press Service/Kayhan Ozer
Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘an mamlakat to‘siqlarga qaramasdan YeIga kirish yo‘lida davom etishini bildirdi.
Avvalroq Yevrokomissiya YeIni kengaytirish siyosati to‘g‘risidagi hisobotini e'lon qilgandi.
"Turkiya qonun ustuvorligi sohasida jiddiy chekinish qilib Yevroittifoqdan uzoqlashishda davom etdi. Turkiyaning a'zo bo‘lishi borasidagi muzokaralar amalda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi", - deyiladi hisobotda.
Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faruk Kaymakjining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Yevrokomissiyaning bu tanqidini asossiz va qabul qilib bo‘lmas deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, Turkiya sud tizimining ko‘pgina moddalari ko‘rib chiqiladi.
Turkiya YeIga kirish uchun 1987 yilda ariza bergan. Uning YeI tarkibiga qabul qilinishi bo‘yicha muzokaralar jarayoni 2005 yilda boshlangan.
Mavzuga oid
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025