Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning G‘or viloyatida “Tolibon” harakati jangarilarining hujumi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Viloyat kengashi raisi Hamidulla Mo‘tahidning aytishicha, toliblar Davlatyor tumanidagi Po‘shta Nur qishlog‘idagi qo‘riqlash postlariga hujum uyushtirishgan.
Uning aniqlik kiritishicha, hujum natijasida qishloq oqsoqoli va yana ikki kishi yaralangan.
Viloyat gubernatorining matbuot kotibi Abdulhaqi Xatibi ushbu hodisa sodir bo‘lganini tasdiqladi, ammo hujum haqida aniq ma'lumotlarga ega emasligini bildirdi.
Mavzuga oid
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025