Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoning mol-mulki hibsga olinishi mumkin
Foto : ukraina.ru
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning mol-mulki iyunda hibsga olinishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov NewsOne telekanali efirida ma'lum qildi.
“Davlat tergovlar byurosi boshlang‘ich bosqichda tergov boshladi. Biz o‘z iltimosnomalarimizda iyundayoq Poroshenkoning barcha aktivlari, pullari va ko‘chmas mulki hibsga olinishi masalasini qo‘ymoqdamiz”, deb aytgan Portnov. Uning aytishicha, sobiq prezident mol-mulkini hibsga olish uchun bosh prokurordan boshqa hech qanday huquqiy to‘siq yo‘q.
Ayni vaqtda Ukrainada Poroshenkoga qarshi bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:56
Xerson gubernatori dron hujumida 24 kishi halok bo‘lganini aytdi
08:44
Ukraina Xorlidagi mehmonxonaga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026