Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Qo‘yliqdagi qurilish bozori yaqinida yong‘in yuz berdi
16 iyun kuni kunduzi Bektemir tumanida Toshkent avtomobil halqa yo‘li yoqasidagi «Ko‘klangi vodiy» (Qo‘yliq) ulgurji bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ham ushbu hodisa bo‘yicha ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, «Davru Davron avto» MChJga tegishli katta yuk mashinalari turargohi hududida 60−70 kv. m maydonda yig‘ilib qolgan bo‘sh yog‘och qutilar va tagliklar yongan.
Yong‘in to‘g‘risidagi xabar 101 raqamiga 13:53 da kelib tushgan. Olov 14:35 da to‘liq o‘chirilgan.
«Soat 14:35da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Qurbonlar yo‘q. Jarohatlanganlar bor yoki yo‘qligi haqidagi ma'lumotlar aniqlashtirilmoqda. Yong‘in sababi o‘rganilmoqda», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026