Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy titroqqa tushgan Merkelga yordam bermagani sababini tushuntirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvda germaniyalik hamkasbining tobi qochganida unga yordam bermaganining sababini tushuntirdi. Uning so‘zlarini Bild nashri keltirdi.
“Men uning yonida edim va ishonishingiz mumkin, u xavfsizlikda edi”, – deb aytgan Zelenskiy matbuot anjumanda.
Avvalroq kanslerning Berlinda bo‘lib o‘tgan marosimda tobi qochgan edi. To‘satdan Merkelni titroq bosgan, u titroqni bosish uchun qo‘llarining holatini bir necha bor o‘zgartirgan. Biroq Merkel bilan yonma-yon turgan Zelenskiy hamkasbiga hech qanday yordam ko‘rsatmagan.
Merkel uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanda tobi qochishiga organizmning suvsizlanishi sabab bo‘lganini aytgan. Kanslerning ta'kidlashicha, u bir nechta butilka suv ichgach o‘zini yaxshi his qila boshlagan.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025