Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Shimoliy Koreyaga rasmiy tashrif bilan yo‘l oldi
Foto: xinhuanet.com
Xitoy raisi Si Tszinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan birga Shimoliy Koreyaga ikki kunlik tashrif bilan yo‘l oldi.
Bu tashrif Si Tszinpinning Xitoy raisi maqomidagi Shimoliy Koreyaga ilk tashrifi hisoblanadi.
Si Tszinpin Xitoyga poyezdda boruvchi Kim Chen Indan farqli ravishda, Pxenyanga samolyotda yetib oladi.
Xitoy delegatsiyasi tarkibiga Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, Kompartiya markaziy qo‘mitasi devonxonasi rahbari Din Syuesyan kirgan.
Xitoy yetakchisining tashrifi ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan. Tashrif Xitoy partiya va davlat yetakchisining Shimoliy Koreyaga 14 yil ichidagi ilk rasmiy tashrifi bo‘ladi.
Si Tszinpin 2008 yilda Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan vaqtda Shimoliy Koreyada bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
10:18 / 22.10.2025
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
15:45 / 22.09.2025