Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Foto: Farrux Aliyev
19-25-iyun kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Muzokaralar davomida davlatlararo chegarada demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish davom ettirildi.
Xabarda aytilishicha, muloqot davomida chegarada aerofototasvir ishlarini amalga oshirish talablari loyihasi ishlab chiqildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlarini o‘tkazish, jumladan bu jarayonni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026