Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Foto: Tribuna.uz
Taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda bugun, 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ma'lum qilingan.
Majlisni «Surxon» klubi bosh direktor o‘rinbosari Alisher Rustamov ochib bergan. Unda jamoaning barcha a'zolari ishtirok etgan.
«Menga bildirilgan ishonch uchun avvalambor «Surxon» futbol klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishonamanki, biz bir oila bo‘lib shakllanib, faqat yuqori maqsadlar sari intilamiz», – degan Ashurmatov.
Baxtiyor Ashurmatov kuni kecha bu lavozimdan iste'foga chiqqan Andrey Miklyayevning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov o‘tgan mavsumda Olmaliqning OKMK klubini O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan edi. Shundan so‘ng dekabrda «Buxoro» bosh murabbiyi qilib tayinlangan va iyul oyi boshida qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatilgan edi.
Termiz shahri jamoasi Superligada mavsumning birinchi yarmini kuchli uchlikda yakunlashi mumkin. Buning uchun jamoa 29 iyun, shanba kuni «Nasaf» maydonidan mag‘lubiyatsiz qaytishi kerak.
Qarshidagi o‘yin soat 20:00da boshlanadi. Uni Temur To‘xtasinov boshqarib boradi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 17:41
-
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi
Jahon | 17:40
-
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi
O‘zbekiston | 17:29
-
Oq uy Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi
Jahon | 17:26
Mavzuga oid

08:02 / 15.05.2024
Surxon qo‘riqxonasida tuz bilan oziqlanayotgan morxo‘r takasi fotoqopqon kamerasiga muhrlandi

11:55 / 26.04.2024
Surxon qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tulki bolalari muhrlandi

13:12 / 11.03.2024
Surxon qo‘riqxonasida fotoqopqonga Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi

17:59 / 10.11.2022