Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?
Foto: KUN.UZ
Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarga binoan, 2019 yil II chorakda chet el valutasining (USD bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha yetakchi banklar nomi aniqlandi.
2019 yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4 527 450 AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yil 1-chorakda qayd etilgan 2 406 580 AQSh dollariga nisbatan 88,1%ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etmoqda.
Ta'kidlash joizki, Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat ko‘rsatib, “AQSh dollari va yevro chet el valutasini konvertatsiyalash” hamda “Naqd pul bilan plastik kartalarni to‘ldirish” funksilyalarini amalga oshiradi.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019 yil II chorakda chet el valutasining (USD) bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi:
1. Qishloq qurilish bank – 783 860,00 (USD)
2. Orient Finans Bank – 748 900,00 (USD)
3. Asia Alliance Bank – 547 240,00 (USD)
4. Agro Bank – 518 890,00 (USD)
5. Xalq Banki – 412 150,00 (USD)
Mavzuga oid
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
11:11 / 26.12.2025
Toshkentda soxta treyderga aldangan yigit bankomatni buzib, pul olmoqchi bo‘ldi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
16:02 / 05.12.2025