Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Fransiya Suriyaga qo‘shimcha qo‘shin yuborishga rozi bo‘ldi – OAV
Britaniya va Fransiya Suriyaga u yerdan ketayotgan amerikalik harbiylar o‘rniga qo‘shimcha qo‘shin yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Foreign Policy nashri xabar berdi.
“AQSh ma'muriyati xodimi AQShning Suriyada qo‘shinlari bo‘lgan yagona hamkorlari – Britaniya va Fransiya qo‘shinlari sonini 10 foizdan 15 foizgacha oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olganini tasdiqladi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
“Qo‘shimcha qo‘shinlarning aniq soni va ularni oshirish jadvali noma'lum”, deb qo‘shimcha qilgan manba. Uning aytishicha, Bolqon va Boltiq davlatlari Suriyaga qanchadir harbiy yuborishi mumkin, Italiya bu masala bo‘yicha yaqin orada bir qarorga keladi.
AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014 yildan beri Suriya va Iroqda IShIDga qarshi operatsiya olib boradi. 2018 yil dekabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
15:53 / 29.12.2025
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
21:35 / 28.12.2025
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025