Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda o‘zaro janjallashgan o‘quvchi qizlarning ota-onalari jarimaga tortildi
Xalq ta'limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 21-maktab o‘quvchilari ishtirokida ro‘y bergan ko‘ngilsiz holat o‘rganib chiqildi, deb yozadi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
O‘rganish jarayonida joriy yilning mart oyi boshlarida 21-maktabning uch nafar 10-sinf o‘quvchi qizlari 9-sinf qizning sochidan tortib, yuz va qorin qismiga zarbalar bergan. Bema'ni so‘zlar bilan haqoratlab urgan. 10-sinf o‘quvchilaridan biri janjalni uyali telefoni orqali tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan.
Mazkur ish voyaga yetmaganlar bo‘yicha Chirchiq shahar idoralararo komissiyasiga taqdim etildi.
Voyaga yetmaganlar bo‘yicha Chirchiq shahar idoralararo komissiyasining qaroriga asosan farzandlarini tarbiyalash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganliklari (MJtKning 47-moddasi 1-qismi) uchun voyaga yetmagan to‘rt nafar qizning ota-onalari 101,36 ming so‘mdan 608,09 ming so‘mgacha jarimaga tortildi.
Mavzuga oid
08:50 / 17.01.2026
Miroboddagi kafe oldida ikki ayol o‘rtasida janjal yuz berdi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
09:46 / 15.11.2025