Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong aholisi Xitoy bilan parallel savdoga qarshi namoyishga chiqdi
Foto: REUTERS/Tyrone Siu
Hongkongning 30 mingdan ortiq aholisi Syonsyoy rayonida Xitoy bilan parallel savdoga qarshi namoyishga chiqdi. Ularning fikricha, parallel savdo uy-joy narxining ko‘tarilishi va gigiyenik sharoitlarning yomonlashishiga olib kelgan.
RTHK telekanalining xabar berishicha, namoyish qatnashchilari shahar hukumatidan parallel savdo rayon hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganiga ko‘z yumishni bas qilishni so‘ramoqda.
Parallel savdo Hongkong va Xitoy chegarasidagi rayonlarda ancha yillardan buyon gullab-yashnamoqda, unga ko‘ra, har qanday savdogar Hongkongdan oz miqdordagi mahsulotni sotib olishi va Xitoyda sotishi mumkin hamda buning uchun boj to‘lashi shart emas.
Xitoydagi elektron savdo maydonchalari mamlakatda yo‘q yoki qimmat mahsulotlarni arzon narxlarda taklif etishadi va bu mahsulotlarni Hongkongdan olib kelib sotishadi.
Mavzuga oid
19:42
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
09:51
Tayvan bo‘g‘ozi atrofida keskinlik: Xitoy apreldan beri ilk yirik mashqni o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025