Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda namoyishlar to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda
Foto: Reuters
Hongkong politsiyasi minglab namoyishchilar bilan to‘qnashdi. Ular, shu yo‘l bilan Xitoyning oroldagi bosh ma'muriyati binosini olomondan himoya qilishga harakat qilishgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
So‘nggi ikki oydan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari zo‘ravonliklarga aylanib ketmoqda. Namoyishchilar fuqarolarning sud qilinishi uchun Hongkong orolidan Xitoyning asosiy qismiga yuborilishiga yo‘l ochuvchi qonun loyihasiga qarshi noroziliklarini izhor qilishmoqda.
Yakshanba kungi shaharning markaziy biznes tumanidagi tinch yig‘ilish tez orada yurishga aylanib ketgan, 10 minglab namoyishchilar turli asosiy yo‘nalishlarga tarqagan.
Minglab odamlar sharqqa, Causeway Bay savdo tumaniga yo‘l olgan, boshqalari g‘arbga, Xitoy hukumati vakolatxonasi binosi tomon yurgan. Bu yerda yuzlab politsiyachilar faollarni binodan to‘sishgan.
Namoyishchilar soni ortgani sari, politsiyachilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni qo‘llagan, rezina o‘qlarni otgan va achchiq tutun tarqatuvchi granatalardan foydalangan. Jarohatlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025
Importda eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi - 12,8 mlrd dollar
09:13 / 25.12.2025