Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda yana norozilik namoyishlari boshlandi
Foto: Getty Images
Hongkongda politsiyaning qarshiligiga qaramay norozilik namoyishlari yana boshlandi. Namoyishlar 11 haftadan beri davom etmoqda.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, "Fuqarolik fronti" muxolifat tashkiloti Viktoriya bog‘ida aksiya tashkillashtirgan, ammo o‘n minglab namoyishchilar yo‘llarni va qo‘shni ko‘chalarni egallashgan.
Kuchli yomg‘irga qaramay, namoyishchilar ekstraditsiya haqidagi qonunning bekor qilinishi va avval hibsga olingan birodarlarining ozod qilinishiga qat'iy qaror qilishgan.
Shahar markazida qatnov to‘silgan, namoyishchilar soyabonlar ostida harakatlanib, o‘z shiorlarini hayqirib borishgan. Aksiya tashkilotchilari namoyish ishtirokchilari soni 300 ming kishiga yetishini kutishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hukumatga qarshi namoyishlar tufayli Hongkong xalqaro aeroportining faoliyati bir necha kun davomida deyarli to‘xtab qolgandi. Hukumat va huquq-tartibot idoralarining harakatlariga qarshi bo‘lgan faollar aeroportning uchish va kelish zallarini egallab olishgandi.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025