Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda yangi bosh vazir tayinlandi
Foto: Al Arabiya
Sudanda o‘tish hukumati rahbari etib Abdulla Hamdo‘k tayinlandi. U 39 oy davomida hukumatga rahbarlik qiladi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Hamdo‘k ko‘plab yillar davomida BMTning Addis-Abebedagi tuzilmalarida yuqori lavozimda ishlab kelgan. U Sudanga bosh vazir etib tayinlanishidan biroz oldin qaytgan.
21 avgustda Sudanda mamlakatni keyingi saylovlargacha 3 yil boshqarishi kerak bo‘ladigan suveren kengashning barcha 11 a'zosi qasamyod keltirdi.
Kengashga 5 harbiy va 6 fuqaro shaxsi kirgan. 21 oy davomida kengashga general Abdulfattoh al-Burxon boshchilik qiladi. Qolgan 18 oy uni fuqaro shaxsi boshqaradi.
Sudanda harbiy to‘ntaruv yuz berib, sobiq prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilgandan keyin mamlakatni harbiy kengash boshqarib kelayotgandi. Bu esa harbiylarning yakkahokimligiga qarshi noroziliklar keltirib chiqargan. Natijada harbiylar muxolif koalitsiya bilan bitim tuzishgan. Hujjatda mamlakatda harbiy-fuqarolik suveren kengashi shakllantirish haqidagi band ham bo‘lgan.
Suveren kengash tashkil etilishi mamlakatga siyosiy inqirozdan chiqishga va noroziliklarga chek qo‘yishga yordam berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
22:47 / 10.11.2025
Ikki general urushi: «jahannamga aylangan» davlat haqida
16:04 / 04.11.2025
Sudan inqirozi: Misr, BAA, Saudiya va Rossiya manfaati to‘qnashyaptimi?
16:32 / 31.10.2025