Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinlik o‘smir 57-o‘lchamdagi poyabzali bilan rekordlar kitobiga kirdi
Berlinlik Lars Motsa eng katta o‘lchamdagi oyoq egasi bo‘lgan o‘smir sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. 16 yoshli yigit 57-o‘lchamli poyabzal kiyadi, deb xabar berdi DPA agentligi.
Larsning chap oyog‘i kafti uzunligi 35,05 sm, o‘ng oyog‘iniki 34,98 sm. Germaniyadagi do‘konlarda bunday o‘lchamdagi poyabzallar sotilmaydi, unga buyurtma asosida oyoq kiyimi tayyorlanadi.
Larsning onasi Ankening aytishicha, bir juft poyabzal narxi 1,2 ming yevrogacha turadi. Xarajatlar tibbiy sug‘urta orqali qoplanadi.
Bundan tashqari, o‘smir duradgorlikka o‘qiydi va unga maxsus oyoq kiyimi kerak bo‘ladi. Bunday poyabzallar narxi 1,8 ming yevro atrofida bo‘lib, bu xarajat mehnat ishlari bo‘yicha muassasa tomonidan qoplanadi.
Mavzuga oid
15:07 / 18.12.2025
Berlinda dronlardan himoya qilish markazi ochildi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
13:16 / 13.12.2025
Zelenskiy Berlinda YeIdagi ittifoqchilar bilan muzokaralarni davom ettiradi
10:16 / 03.11.2025