Mehnat vazirligi «Human» xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziyani vaqtinchalik to‘xtatdi

“Human xususiy bandlik agentligi” MChJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vazirlikka ko‘plab fuqarolar tomonidan norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar o‘rganib chiqilganda, fuqarolar “Human xususiy bandlik agentligi” MChJga to‘lagan pullarini qaytarib olish yuzasidan bir qator muammolarga duch kelganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, fuqarolar va “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan bo‘lib, shartnomada Germaniya va Chexiya davlatlarida 6-8 oy ichida ishga joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Biroq Agentlik o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini vaqtida bajarmagan. Fuqarolar to‘lov qilingan pullarni qaytarib berilishini talab qilgan bo‘lsa-da, ularga pullar hanuzgacha qaytarib berilmaganligi aniqlangan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Human” xususiy bandlik agentligidan shu muddat ichida fuqarolar pulini qaytarish talab etiladi. Aks holda litsenziyani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi, deyiladi xabarda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni xususiy bandlik agentliklari bilan shartnoma imzolagan vaqtda e'tiborli bo‘lishga, shartnoma shartlarini to‘liq o‘rganib chiqish lozimligini eslatgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekiston | 12:18
-
Vatikanda Fransiskning dafn marosimiga 200 ming kishi yig‘ildi – fotosuratlar
Jahon | 11:19
-
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi
Jahon | 10:16
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
Mavzuga oid

10:56 / 22.10.2022
Mehnat vazirligi o‘zbek tili bayrami qatnashchilariga tojikcha kitoblar sovg‘a qilgan. Vazirlik izoh berdi

16:00 / 29.08.2022
Joriy yilning iyul-avgust oylarida xorijdan qaytgan 1418 nafar fuqaro qurilish obektlariga ishga joylashtirildi

09:01 / 17.03.2022
Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingani yuzasidan ikkita vazirlik o‘rganish ishlarini boshladi

07:29 / 08.03.2022