Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni hujumlardan keyin yonilg‘ini yetkazishni to‘liq tiklay oldi
Foto: REUTERS
Saudiya Arabistoni Saudi Aramco kompaniyasi obektlariga hujumlar sababli izdan chiqqan energiya tashuvchilarni yetkazishni to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda podshohlikning energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saudga iqtibos keltirgan holda “Al-Arabiyya” telekanali xabar berdi.
Vazirning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni sentyabrda mijozlarga neftni to‘liq hajmda yetkazib beradi. Shuningdek, Ar-Riyod neft qazib olish hajmini yarmiga tiklashga muvaffaq bo‘lgan, sentabr oxiriga esa avvalgi hajmga chiqmoqchi.
Vazir jahon hamjamiyatini Saudi Aramco obektlariga hujumga javoban qat'iy harakatlar amalga oshirishga chaqirdi.
14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco’ning ikkita zavodi hujumga uchradi. Bu Saudiya Arabistonida neft qazib olish hajmining 2 barobarga kamayishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
10:43 / 17.12.2025
10 oyda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 70 foizga oshgan
22:11 / 14.12.2025