Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yangi “mega-aeroport” ochilishiga tayyorlanmoqda
Foto: EPA
Xitoy Pekindan janubda joylashgan yangi “mega-aeroport” ochishga tayyorlanmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Pekin xalqaro aeroportidagi birinchi xalqaro tijoriy reys 20 sentyabrda amalga oshiriladi. Aeroport uchun birinchi parvoz dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti Airbus A380’da amalga oshiriladi.
Prognozlarga ko‘ra, 2022 yilga kelib Xitoy dunyodagi eng yirik aviatashuvlar bozori sifatida AQShni ortda qoldiradi.
Marhum arxitektor Zaxa Xadid va uning xitoylik hamkorlari tomonidan loyihalangan yangi aeroport 4 ta uchish-qo‘nish yo‘lagiga va 97 ta futbol maydoniga teng terminalga ega.
11,5 mlrd dollarlik aeroport qurilishi 2014 yilda boshlangan.
Aeroport o‘z oldiga qo‘ygan dastlabki vazifa 2025 yilgacha har yili 72 mln yo‘lovchi va 2 mln tonna yuk qabul qilishdan iborat. Rejada yana 3 ta uchish-qo‘nish yo‘lagi qurish va har yili kamida 100 mln yo‘lovchi va 4 mln tonna yuk qabul qilish bor.
Mavzuga oid
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025
Toshkent aeroporti: shirinlik qadoqlaridan 322 dona dori chiqdi
18:36 / 12.11.2025
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida E-Gate tizimi ishga tushirildi
19:21 / 10.11.2025