Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda rossiyalik harbiylarga pichoq bilan hujum qilindi
Tojikistonda pichoq bilan hujum qilinishi oqibatida rossiyalik ikki harbiy jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Xatlon viloyati ma'muriy markazi Boxtar shahridagi 201-Rossiya harbiy bazasi bo‘linmasining ikki harbiy xizmatchisi shaxsiy ishlari bilan shaharda yurganida aqlan nosog‘lom shaxs ularni pichoq bilan jarohatlagan", — deb ma'lum qildi agentlik suhbatdoshi.
Tojikiston IIVning ma'lumot berishicha, hujum qilgan shaxs ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turadi.
Jarohatlangan harbiylar Dushanbedagi kasalxonalardan biriga yetkazilgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024