Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi turdagi harbiy texnika va qurollarni namoyish qildi
Eron qurolli kuchlari 22 sentyabrda o‘tgan harbiy paradda yangi turdagi harbiy texnika va qurollarni, jumladan o‘rta masofadagi ballistik raketa va zenit-raketa majmuasini namoyish qildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, ballistik raketalar uchish uzoqligi 2 ming km.gachani tashkil qiladi.
Parad vaqtida, shuningdek, Rossiyaning S-300 majmuasi muqobili deb ataluvchi “Bavar 373” zenit-raketa majmuasi hamda “Xo‘rdod-15” havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi namoyish qilingan.
Ma'lum qilinishicha, “Xo‘rdod-15” jangovar shay holatga 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida keltirilishi mumkin. U 150 km radiusdagi jangovar samolyotlar, qanotli raketalar va dronlarni payqashi hamda ularni 120 km uzoqlikda urib tushirishi mumkin.
Eronlik harbiylar umumiy hisobda 18 ta turdagi ballistik raketa va yangi artilleriya tizimi “Xayel”ni namoyish qilishgan.
Parad 1980-1988 yillarda olib borilgan Eron-Iroq urushiga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Parad ushbu yilda 22-28 sentabr kunlariga to‘g‘ri keluvchi "Mudofaa muqaddas" haftasi boshlanishini bildiradi.
Paradda yuqori lavozimli harbiylar va mamlakat rahbariyati ishtirok etgan.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025