Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda qanday salbiy oqibatlarga olib kelyapti?
Foto: Creative Commons
Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti. Bu haqda Ekologuz yozmoqda.
Ushbu oqibatlar quyidagilardan iborat:
1. Harorat ko‘tarilishi suvning bug‘lanish koeffitsiyentini oshishi mazkur hududlarda suv resurslarini kamayishiga, tanqisligiga ta'sir etmoqda.
2. 1950-60 yillardagi yog‘ingarchilik juda ko‘p bo‘lgan davrlarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan ekologik tanglik oqibatida umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlar soni ko‘paymoqda.
3. Yuqoridagi haroratlarning o‘zgarishi O‘zbekistonga xos bo‘lmagan shamolning yillik o‘rtacha tezligiga ta'sir etib 3,8-4,0 dan 3,1-3,5 m/s ga kamayishi kuzatilmoqda.
4. Tuproqning namligini kamayishi hisobiga takroriy qurg‘oqchilik xavfi ortmoqda, har o‘n yil ichida davriy ravishda qurg‘oqchilik har uch yilda takrorlanishi kuzatildi.
5. Salbiy ekologik o‘zgarishlar shu bilan birga Sirdaryo va Amudaryo suvlarining Orol dengiziga quyilishini surunkali kamayishi Orol dengizidagi suv qoplagan yuzasining qisqarishiga olib kelmoqda.
6. Bu jarayonlar daryo deltasining cho‘lga aylanishi va qurigan dengiz tubida yangi cho‘l maydonlarini paydo bo‘lishiga olib kelmoqda
7. Cho‘lga aylangan va dengiz tubidagi yangi hududlaridagi tuz va changni shamol yordamida qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan sug‘oriladigan yerlarga uchib borishi bu yerlarni qaytadan sho‘rlanishiga olib kelmoqda.
8. Atmosfera havosini katta maydonlarda changlanishi ortmoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 09.12.2025
Barakali yomg‘irlar davomli bo‘ladi
10:49 / 19.11.2025
Iqlim reytingida yirik sanoat davlatlarining pozitsiyasi pasaymoqda
10:34 / 19.11.2025
Ukraina RFdan 43 mlrd dollar miqdorida "iqlim reparatsiyasi" talab qilmoqda
13:22 / 23.10.2025